O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabr kuni qabul qilingan “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi farmoni asosida yurtimizda aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga ehtiyojmand oilalarning biriktirilishi va ularga doimiy ko‘mak ko‘rsatib borilayotganligi o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda.

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markaziga ham shu farmon asosida Muzrabot tumani Mehrigiyo mahallasida yashovchi 11 ta ehtiyojmand oila biriktirilgan.

Jumladan, Markaz ma’muriyati Ramazon oyi avvalida markazga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadoniga savobli tashabbus bilan tashrif buyurib, ular uchun kundalik turmushda zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishdi.

Leave a Comment