2025-yil 27-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida fevral oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun yakuniy attestatsiya jarayoni bo’lib o’tdi.

Jarayon davomida tinglovchilar o‘quv kursi davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini o‘z mikrodarslari va loyiha ishlari orqali namoyish etib, bitiruv malaka ishlarini himoya qildilar.

Yakuniy attestatsiya jarayonlari belgilangan reja-grafik asosida tegishli tartibda tashkil etildi. Himoya jarayoni yakunida ijobiy baholangan tinglovchilar davlat namunasidagi sertifikatlarga ega boʻladilar. Bu ularning kelgusidagi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a Comment