
2025-yil 28-fevral kuni Surxondaryo viloyatining PISA tadqiqotida ishtirok etishi belgilangan 15 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasi 8-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
✅ «Zakovat» o‘yini o‘quvchilarni matematika va tabiiy fanlardan savodxonlikni mustahkamlash, mustaqil fikrlash va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan savollar bazasi asosida o‘tkazildi.



