

🔰 Xabaringiz bor, 2024-yilning 19-dekabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi va Termiz shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab intrenati o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolangan.
🔰 Mazkur memorandum doirasida Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan malaka oshirishga kelgan tinglovchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda to‘plangan ilg‘or tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
✅ Bugun Termiz shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining fizika fani o‘qituvchisi M.Pardayeva tomonidan «Fizika fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish» mavzusida malaka oshirish tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi.
✅ Trening davomida «Cho‘ntak», Zinama-zina, «Mosini toping»,
«T-sxemasi», Charxpalak», «O‘zingni bahola», O‘rgan-o‘rgat» va «Tezkor savol-javob» kabi metodlardan foydalanildi.



