2024-yil 22-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida «Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va maktab amaliyotchi psixologlari guruhi tinglovchilari tomonidan malaka oshirish kurs tinglovchilarining kayfiyatini koʻtarish, hayotga pozitiv munosabatni shakllantirish, kasbiy zoʻriqishining oldini olish maqsadida tonggi tadbir tashkil etildi.
Tadbirni psixologiya guruhi tinglovchilari tongni yaxshi kayfiyat bilan boshlashga oid afirmatsiyalar taqdim etish bilan boshlab berdi. Shu bilan birga «Orzular daraxti», «Quvnoq oyoqchalar», «Ranglar terapiyasi», «Piramida», «Qiziqarli shashka» nomli metodikalardan foydalanildi.
Tonggi tadbir barcha ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.



