Profi universiteti rektori, psixologiya fanlari doktori, akademik Shoumarov G‘ayrat Bahromovich hamda Pedagogika markazi direktori, psixologiya fanlari doktori, professor Qodirov Umarali Do‘stqobilovichning “OSIYO XALQLARI OILASI” nomli risolasi “Surxon Nashr” nashriyotida chop etildi.
Mazkur risola «Zamonaviy o‘zbek oilasining etnopsixologik modelini yaratish» mavzusidagi fundamental loyiha doirasida yaratilgan bo‘lib, Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Ilmiy-metodik Kengashi bayonnomasiga ko‘ra nashrga tavsiya qilingan.



