📖 2024-yilning 23-fevral kuni «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi tomonidan «Haftaning eng yaxshi kitobxon tinglovchisi» tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda tinglovchilar o‘zlarining fevral oyida o‘qigan va ayni haftada o‘qiyotgan milliy va jahon adabiyoti asarlari borasida bellashishdi. Tanlab olingan badiiy asarlarning mazmun-mohiyati, qahramonlari, nomlanishi haqida turli savollar bilan tanlov ishtirokchilariga murojaat qilinarkan, ishtirokchilarning hozirjavobligi, mantiqiy va tanqidiy, kreativ fikrlashlari ham eʼtiborga olindi.

📚Munozara va muhokamaga boy bo‘lgan tanlov ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Joylarda bu kabi targ‘ibotlar muntazamlikni kasb etsa, yoshlar orasida kitobxonlikning ahamiyati oshgan bo‘lardi.