⚡️2024-yil 29-fevral kuni Sherobod tumanidagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan 73- va 74-sonli umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarga pedagogika markazi fan metodistlari tomonidan metodik yordam ko’rsatildi.
Kun davomida maktabning yuqori sinf o’qituvchilarida asosiy fanlardan test sinovlari o’tkazilib, o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlar tahlil qilindi va mavjud boʻshliqlarni toʻldirish boʻyicha ko’rsatmalar berildi.
Shuningdek, fan metodistlari tomonidan «Mahorat darslari» o’tildi. Fan o’qituvchilarining darslari tahlil qilinib o’qituvchilarga dars jarayonlarini sifatli tashkil etish bo’yicha metodik tavsiyalar berish bilan birga o’qituvchilarni ilg’or ish tajribasini ommalshtirishning yangi tartibi va baholash mezonlari hamda ommalashtirish.uz platformasi bo’yicha o’qituvchilarga tushunchalar berildi.



