20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Birlashgan Arab Amirliklari tajribasi asosida Pedagogika markazlari professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirishni tashkil etish” mavzusida vebinar o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi rahbarlari va professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdilar.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yilning 28-avgust kuni maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazilgan vebinarda qatnashchilar Birlashgan Arab Amirliklaridagi ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar.

 

Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi matbuot xizmati 👇👇👇