📣Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limida «vakant» bo’lib turgan quyidagi fan metodistlari uchun tanlov e’lon qilinаdi:   

 

✅ Matematika   

✅ Informatika va axborot texnologiyalari

✅ Fizika va astronomiya    

✅ Biologiya

✅ Tasviriy san’at va chizmachilik   

✅ Nemis va fransuz tili   

✅ Ingliz tili   

✅ Davlat va huquq asoslari 

✅ Tarix

✅ Iqtisodiy bilim asoslari  

   

👉Ma’lumot uchun:

 

Vakant lavozimlar boʻyicha uch yildan kam boʻlmagan pedagogik ish stajiga ega, fan yoʻnalishi bo‘yicha oliy maʼlumotli (bakalavr, magistr) nomzodlar mazkur tanlovda ishtirok etish uchun  viloyat pedagogika markazi ma’muriyatiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ma’lumoti bo’yicha diplomlarini topshirishlari mumkin.     

    

Tanlov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ishchi guruhi tomonidan suhbat asosida o‘tkaziladi.   

   

❗️Shoshiling!

 

📆 Hujjatlarni qabul qilish joriy yil 25-yanvargacha (25-yanvar kuni ham) davom etadi.

 

☎️ Murojaat uchun telefonlar: 

97-243-10-08

99-744-51-05

 

Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi maʼmuriyati