
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qaroriga asosan, joriy yilning 24-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida tinglovchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Ushbu o‘yin munozara va bahslarga boy bo‘ldi. Har bir jamoa saviyasi yuqori murakkab savollar o‘ynalishiga qaramay, o‘z kuch va saloyihatini ishga soldi. Musobaqada faol ishtirok etgan tinglovchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



