Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Oripova hamda viloyatning maktabgacha ta’lim sohasi mutaxassislari Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida tashkil etilgan “Empowering Educators: Innovative Strategies for Teaching Teachers” xalqaro kasbiy rivojlanish dasturi doirasidagi malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdalar.

Dastur doirasida ishtirokchilar ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish, yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, xorijiy hamkasblar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Dastlabki trening va amaliy mashg‘ulotlar Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Istanbul Aydın Universitetida tashkil etildi. Unda tinglovchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar va ta’limdagi innovatsion metodlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishni boshladilar.

Xalqaro kasbiy rivojlanish dasturi doirasidagi seminar va amaliy treninglar 2026-yil 6-iyunga qadar davom etadi.

Leave a Comment