
Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 26-maydagi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralashning 2-bosqich suhbat jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 187-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarni saralashning 2-bosqich suhbat jarayonlari boʻlib oʻtmoqda. Mazkur suhbatlarda pedagoglarning kasbiy kompetensiyasi, taʼlim sohasidagi yutuqlari, innovatsion faoliyati hamda pedagogik mahorati belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda. Saralash jarayonlari ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.



