
✅ «Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirish: yuqori sifatli va inklyuziv taʼlim natijalariga erishish uchun AKT va raqamli taʼlimdan foydalanish» loyihasi doirasida master trenerlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi va qator hamkor tashkilotlar vakillari qatnashdi.
➖ Tadbir doirasida treninglarni muvaffaqiyatli tamomlagan 21 nafar master-trenerlarga sertifikat topshirildi.
🌐 Ma‘lumot o’rnida: mazkur o‘quv seminari Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi, UNESCO, “Ishonch” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi.
Ushbu model doirasida master-trenerlar uchun mahorat darslari ishtirok etib, pedagogika va andragogika bo‘yicha o‘z bilim va mahoralarini oshirishdi.
⏰ Kelgusida loyiha davomida Respublika miqyosida 3 000 nafar o‘qituvchi qamrab olinishi rejalashtirilgan.



