Hurmatli onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Sizlarni bahor faslining go‘zal bayrami — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Jamiyatimizda mehr-oqibat, sadoqat, sabr-toqat va fidoyilik timsoli bo‘lgan siz muhtarama ayollar har bir oilaning fayzi, farovonligi va barakasi, jamiyat taraqqiyotining muhim tayanchi hisoblanasiz. Sizlarning ta’lim-tarbiya, ilm-fan hamda jamiyat hayotidagi fidokorona mehnatingiz va beqiyos hissangiz yuksak e’tirofga loyiqdir. Shu qutlug‘ ayyomda…

Read More

Ayollar_bayrami

Joriy yilning 5-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda bayram munosabati bilan psixologik treninglar, interaktiv mashg‘ulotlar va qiziqarli savol-javoblar tashkil etilib, ishtirokchilarning faolligi ta’minlandi. Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning fidokorona mehnati hamda ta’lim tizimidagi faoliyati…

Read More

Tonggi_tadbir

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun bayramona tonggi tadbir tashkil etildi. 🌸 Tadbir doirasida markazga tashrif buyurgan tinglovchilar bayram munosabati bilan gullar bilan samimiy kutib olindi. Mazkur tashabbus ishtirokchilarda bayramona kayfiyat ulashishga xizmat qildi. Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir barcha…

Read More

Xorijiy maslahatchini jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi

2026-yil 2-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati Kenya Respublikasi fuqarosi  Samuel Choi Nyabere bilan maktabgacha va maktab ta’limi sohasida xodimlar malakasini oshirishga oid xalqaro kelishuv imzoladi. Xorijiy maslahatchi quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi: ✅ xalqaro ilmiy va metodik hamkorlikni rivojlantirish; ✅ umumiy o‘rta ta’lim sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni tadqiq qilish va tavsiyalar ishlab chiqish;…

Read More

Tonggi_tadbir

SURXONDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA YANGI TINGLOVCHILAR KO‘TARINKI RUHDA KUTIB OLINDI. ⚡️2026-yil 2-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida professor-oʻqituvchilar va malaka oshirish kurs tinglovchilarining kayfiyatini koʻtarish, hayotga pozitiv munosabatni shakllantirish, kasbiy zoʻriqishining oldini olish maqsadida tonggi tadbir tashkil etildi. ✅ Tonggi tadbir barcha ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Read More