
2025-yil 18-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “KITOB – BEMINNAT USTOZ” shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada markaz professor-o‘qituvchilari, fan metodistlari va tinglovchilar tomonidan o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, mutafakkirlar hayoti va ijodiga oid asarlar, ajdodlarimizning ma’naviy jasorati va qahramonliklarini yorituvchi ko‘plab kitoblar namoyish etildi hamda kutubxona fondiga taqdim qilindi.



