
Bugun markazda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 34-yilligi munosabati bilan “Hilpirayver bayrogʻim” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri K.Avazov kirish soʻzi bilan ochdi. U oʻz soʻzida O‘zbekistonning Davlat bayrog‘i xalqimizning asrlar davomida shakllangan an’analari, madaniyati va ma’naviy dunyosini mujassamlashtirganligi haqida toʻxtalib oʻtdi.
Shundan keyin tarix kursi tinglovchilari tomonidan tayyorlangan dastur asosida tadbir davom ettirildi. Shuningdek, tadbirda musiqa madaniyati va MMIBDOʻ kursi tinglovchilari ham o’z chiqishlari bilan tomoshabinlarni xushnud etdi.



