
Surxondaryolik pedagoglar Ozarbayjonda STEAM va inklyuziv ta’lim metodikasi bo‘yicha malaka oshirmoqda
Bugun Ozarbayjon Davlat Pedagogika universitetining Guba filialida “Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalaridan ta’limda foydalanish metodikasi” mavzusida xalqaro malaka oshirish kurslari boshlandi.
Ushbu malaka oshirish dasturida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etmoqda.
Kurslar doirasida ishtirokchilarga zamonaviy ta’lim texnologiyalari, xususan, STEAM yondashuvi va inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar berilmoqda. Mashg‘ulotlar interaktiv shakllarda tashkil etilib, qatnashchilarga ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish imkonini yaratmoqda.
Shuningdek, ishtirokchilar Ozarbayjonning yetakchi ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishish, o‘qitish jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.



