
Joriy yilning 8-sentabr kunidan Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida 22 ta yo‘nalish bo‘yicha 38 ta guruhda 100 soatlik malaka oshirish kurslari boshlandi.
O‘quv mashg‘ulotlari avvalida markaz rahbariyati tomonidan tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori asosida joriy etilgan malaka oshirish kursi tartibi haqida batafsil ma‘lumot berildi.
Shuningdek, kurslarning asosiy maqsad va vazifalari, o‘quv-reja va dasturlarning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.



