
Bugun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasidagi treningning yangi bosqichiga start berildi. Bunda 2025–2026-o‘quv yilida tashkil etiladigan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini o‘tkazish uchun master-trenerlar tayyorlanadi.
Ushbu jarayonda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari va fan metodistlari ham faol ishtirok etmoqda.
Trening mashg‘ulotlari davomida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda ilg‘or tajribalarni o‘qituvchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.



