Joriy yilning 9-aprel kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan tarix, tarbiya va ona tili va adabiyoti guruhlari tinglovchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. 2 raund davom etgan mazkur o‘yinda Amir Temur bilan bog‘liq bo‘lgan savollarga javob berildi.

Ushbu o‘yin munozara va bahslarga boy bo‘ldi. Har bir jamoa saviyasi yuqori murakkab savollar o‘ynalishiga qaramay, o‘z kuch va saloyihatini ishga soldi. Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar o‘yin ko‘tarinki hamda pozitiv kayfiyatda o‘tkazildi.
Musobaqada faol ishtirok etgan tinglovchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Leave a Comment