2025-yil 9-aprel kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” hamda “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedralari hamkorligida sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Amir Temur –buyuk tarixiy shaxs” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

✅ Tadbirni akademik faoliyat bo’yicha direktor o’rinbosari A.Bayturayev ochib berdi.
Shundan so’ng, “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi R.Usmanaliyeva, “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi S.Qodirova, tarix kursi tinglovchisi D.Usmonov hamda tarbiya kursi tinglovchisi F.Axatovalar tomonidan Amir Temur shaxsiyati, uning davlat boshqaruvidagi adolatparvarligi, yurt tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida qilgan buyuk ishlari, shuningdek, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida ma’ruzalar qilindi.
Tadbir davomida Amir Temur siymosi gavdalantirilib, sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Leave a Comment