«Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Nodirjon Ziyodulloyev tomonidan ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi
20
Fev
2025
2025-yil 19-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Nodirjon Ziyodulloyev tomonidan «Kimyo fani o‘qituvchilari» uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi tinglovchilari uchun «Kimyo darslarida xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS) topshiriqlaridan foydalanish» mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
📖 Kichik guruhlarda ishlash shaklida tashkil etilgan mashg’ulotda «Diqqatni jamlang», «Buzuq telefon» metodlari hamda https://www.cerebry.co va https://oecd.org/pisa/test platformalaridagi topshiriqlarlardan keng foydalanildi.
Mashg’ulot qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi. Mashg’ulot yakunida tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.