TerDPIda respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi
18
Fev
2025
TerDPIda respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi
Termiz davlat pedagogika institutida “GLOBALLASHUV SHAROITIDA PEDAGOGIK MEDIATA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI: MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Unda beshta sho‘ba ishi muhokama qilindi:
✅ Pedagogikada tarbiya va ta’limning o‘zaro munosabati: nazariy yondashuvlar va amaliyot
✅ Jamiyatda inklyuziv ta’limga nisbatan ijtimoiy qarashlar va muammolar: targ‘ibot va tushuntirish ishlari
✅ Ta’limni tashkillashtirishda xorij tajribasi: amalyot va nazariya
✅ Etnopedagogikaning ta’lim tizimidagi o‘rni: milliy va madaniy qadriyatlarni yosh avlodga o‘rgatish
✅ Pedagogik mediata’limda xalqaro tajribalarni o‘rganish va mamlakatlar o‘rtasida yangi pedagogik texnologiyalarni almashish.
Mazkur anjumanda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari – B.Umarov, N.Kenjaboyeva va G.Narmatovalar ham ishtirok etib, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.