
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “KRK” va “KRS” tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshchiligida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida umumiy o‘rta ta‘lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga “Kasbiy rivojlanish kuni – KRK” va “Kasbiy rivojlanish soati – KRS” tadbirlarini kaskad usulida o‘tkazishda master trener va mentor- o‘qituvchilarni
tayyorlash bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu seminar-treningda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi fan metodistlari Guzal Mavlyanova va Elbek Toshevlar ham ishtirok etishdi.



