2025-yil 6-yanvar kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida yangi tizim asosida tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslari ochilish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida tinglovchilar markaz rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 867-sonli qarori, malaka oshirish tizimi hamda kasbiy mahoratni oshirish uchun markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.



