🔰Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy talablar asosida innovatsion pedagogik kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish, metodik boʻshliqlar va ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlash hamda xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik koʻrish maqsadida 2025-yilning 8-9–yanvar kunlari “Metodik marafon” tadbiri oʻtkazish rejalashtirilgan.

✅ Bugun mazkur «Metodik marafon» tadbirining birinchi kunida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o’qituvchilari, fan metodistlari va viloyat mentor o’qituvchilari matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik, o‘qish savodxonligi va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida onlayn ishtirok etishmoqda.