O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan maktabgacha ta’lim sohasida pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan. 

Shu munosabat bilan, bugun Surxondaryo viloyatidagi 22 ta tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilk marotaba “Metodik mahorat kuni” tadbirlari doirasida 465 nafar direktor o’rinbosarlari (yetakchi pedagoglar) uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi (davomat 100%). 

Termiz shahri va Jarqo‘rg‘on tumanidagi tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi “Metodik mahorat kuni” tadbiri doirasidagi mashg‘ulotlarda viloyat pedagogik mahorat markazi direktori Murot Isoqov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jasur Mirzaqulovlar ham qatnashib, ishtirokchilar bilan fikr almashishdi.