BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FORMATIV BAHOLASHNI TASHKIL ETISH

Toshkent shahrida 12-15-avgust kunlari USAIDning «Barcha bolalar muvaffaqiyatli» loyihasi doirasida «Boshlang’ich sinflarda formativ baholashni tashkil etish» mavzusida trening bo’lib o’tmoqda.    Mazkur 4 kunlik intensiv trening O‘zbekistondagi o‘qituvchilarga baholash bo‘yicha zarur ko‘nikma va bilimlarni berish orqali ularning salohiyatini oshirishga qaratilgan. Samarali o‘qitish va uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan formativ baholash o‘qituvchilarga real vaqt rejimida turli…

Read More

#Tabrik

⚡️2024-yil 13-avgust kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedarasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Umarov Bahrom Norboyevichning «O‘QUVCHILAR KOMPETENTLIGINI BAHOLASHGA YO‘NALTIRILGAN ZAMONAVIY TEST TEXNOLOGIYALARI» nomli uslubiy qo’llanmasi nashrdan chiqdi.                ❇️ Markaz jamoasi B.Umarovni ushbu munosabat bilan tabriklaydi va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan…

Read More

🔰Joriy yilning 9-avgust kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan taʼlim vazirliklari va tashkilotlari hamkorligida “Mahoratli o‘qituvchi – malakali millat: uzluksiz kasbiy rivojlantirishdagi muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

✅ Mazkur konferensiyada Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va fan metodistlari ham faol ishtirok etdilar. ✅ Konferensiya davomida o‘qituvchilar malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rgangan holda taʼlimga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishda zamonaviy yechimlarni taqdim etishga qaratilgan turli masalalar yuzasidan takliflar o‘rganilib, mulohazalar olib borildi.

Read More

#Tabrik

⚡️2024-yil 8-avgust kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedarasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Umarov Bahrom Norboyevichning «Maktab o‘quvchilarini kommunikativ o‘rganish va o‘qitishni pedagogik boshqarish» nomli monografiyasi nashrdan chiqdi.        ❇️ Markaz jamoasi B.Umarovni ushbu munosabat bilan tabriklaydi va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Read More

#Seminar_trening

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta’lim tashkiloti dasturi asosida o‘tkazilayotgan treninglar davom etmoqda. 7-avgust kuni o‘tkazilayotgan treninglarda 51 nafar menejer direktorlar, 49 nafar matematika fani bo‘yicha mentor trenerlar va 52 nafar  tabiiy (Science) fan yo‘nalishi bo‘yicha mentor-trenerlar qamrab olindi.

Read More

#Ilmiy_faoliyat

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, psixologiya fanlari doktori, professor Qodirov Umarali Do’stqobilovichni Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi raisining tegishli farmoyishiga ko‘ra Bobojon G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti huzuridagi psixologiya fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash a’zoligiga qabul qilinganligi munosabati bilan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! U.Qodirov respublikamizdagi…

Read More

#Seminar_trening

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta’lim tashkiloti dasturi asosida o‘tkazilayotgan treninglar davom etmoqda. 6-avgust kuni o‘tkazilayotgan treninglarda 51 nafar menejer direktorlar, 50 nafar matematika fani bo‘yicha mentor trenerlar va 52 nafar  tabiiy (Science) fan yo‘nalishi bo‘yicha mentor-trenerlar qamrab olindi.

Read More

SURXONDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA «MUVAFFAQIYATLI ISLOHOTLAR – YUQORI NATIJALAR» MAVZUSIDAGI SEMINAR-TRENINGGA START BERILDI

Matematika va tabiiy fan o‘qituvchilarining xalqaro ta’lim dasturlariga oid bilimlarini takomillashtirish, PISA kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat Pedagogik mahorat markazi hamda Singapurning “Marshall Cavendish Education” ta’lim tashkiloti tomonidan tashkil etilgan seminar 5-8-avgust kunlari davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda 51 nafar maktab direktorlari hamda 102 nafar pedagoglar qatnashmoqda.   Treninglarning maqsadi…

Read More