Matematika va tabiiy fan o‘qituvchilarining xalqaro ta’lim dasturlariga oid bilimlarini takomillashtirish, PISA kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat Pedagogik mahorat markazi hamda Singapurning “Marshall Cavendish Education” ta’lim tashkiloti tomonidan tashkil etilgan seminar 5-8-avgust kunlari davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda 51 nafar maktab direktorlari hamda 102 nafar pedagoglar qatnashmoqda.
Treninglarning maqsadi maktab direktorlarining menejerlikka oid bilim va ko‘nikmalarini, liderlik xususiyatlarini, boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda matematika va tabiiy fan o‘qituvchilarining xalqaro ta’lim dasturlariga oid bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishdan iborat.



