Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, psixologiya fanlari doktori, professor Qodirov Umarali Do’stqobilovichni Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi raisining tegishli farmoyishiga ko‘ra Bobojon G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti huzuridagi psixologiya fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash a’zoligiga qabul qilinganligi munosabati bilan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

U.Qodirov respublikamizdagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlarning ham a’zosi hisoblanadi.

Leave a Comment