Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevralidagi PQ-53-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida USAIDning YES dasturi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda  Respublika ta’lim markazi mutaxassislari hamkorligida “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishi maktablarining 10- va 11-sinflariga mo‘jallangan “Iqtisodiyot va biznes” fani o‘quv dasturi ishlab chiqilgandi. 
Bugun mazkur kitoblar Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo’yicha direktor o’rinbosari S.Sattorov tomonidan viloyatimizdagi barcha tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlariga topshirildi.