⚡️Joriy yilning 1-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining musiqa fani metodisti  Nargiza Karimova tomonidan musiqiy ta’lim yo‘nalishi tinglovchilarga »Metodist soati» tashkil etildi. 

✅ Dars jarayonida tinglovchilarga  ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida turli metod va texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, musiqa fanidan yangi avlod darsliklariga yaratilgan metodik qoʻllanmalardan unumli foydalanish hamda pedagoglar ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishning yangi tartibi to‘g‘risida tushuncha va metodik tavsiyalar berildi.