Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktorining buyrugʻi bilan Kenjaboyeva Nigora Mamayusufovna markaz Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi etib tayinlandi
Nigora Kenjaboyeva 1978-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tugʻilgan. U 1999-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan.
Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Tayinlovga qadar «Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan.



