Seminarda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimi M.Ismatov, pedagogik mahorat markazining pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo’yicha direktor o’rinbosari S.Sattorov, fanlarni rivojlantirish bo’limi bosh mutaxassisi B.Boymatov hamda boshlang’ich ta’lim metodisti G.Mavlyanovalar tomonidan ishtirokchilarga «Nestle» kompaniyasining «Salomatlik yo’nalishlari» interaktiv moduli ta’lim dasturi doirasida maktab o’quvchilari o’rtasida to’g’ri va sog’lom ovqatlanish, sog’lom turmush tarzini, shuningdek, ekologik madaniyat qiymatini shakllantirish bo’yicha tushunchalar berib o’tildi.

Mazkur dastur bolalar va o‘smirlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan. Dasturning asosiy maqsadi o‘quvchilarga sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va gigiyena qoidalari haqida bilim berish hamda bu bilimlarni kundalik hayotda qo‘llashga o‘rgatishdir