📊2024-yil 30-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi o‘qituvchilari Saodat Boybo‘riyeva, Feruza Saidova va Shahribonu Barotaliyevalar tomonidan Angor tumanidagi 19-DMTTda «Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✔️Tadbirdan so‘ng markaz o‘qituvchilari tomonidan malaka oshirishdan o‘tgan tarbiyachilarning keyingi ish faoliyatidagi samaradorligi o‘rganildi.