2024-yil 31-oktabr kuni Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida «Zamonaviy sifatli ta’lim tendensiyalari: xalqaro tajribalar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Mazkur anjumanda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Salomov Abdunazar Abdivosixovich ham o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.



