Quvnoq arava

2024-yil 13-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida malaka oshirayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhi tinglovchilari viloyat qoʻgʻirchoq teatrida «Quvnoq arava» sahna ko’rinishini tomosha qilib madaniy hordiq chiqarishdi.   Tomosha soʻngida tinglovchilar qoʻgʻirchoq teatrining bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati haqida oʻz fikrlarini bildirishdi.

Read More

Kuni kecha Surxondaryo viloyati pedagogika markazida “Filologiya fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarni markaz direktori o‘rinbosari I. Hojiboyev ochib berdi. Shundan so‘ng “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri B.Umarov “O‘qituvchilarning yangi darsliklar bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish” mavzusida ma’ruza qildi. Ona tili va adabiyot fani metodisti R. Mamatqulova tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga metodik ishlarni joylashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi.Tadbirda fan metodistlari D.Axmedova, N.Fozilova,…

Read More

#ijodiy_uchrashuv

Joriy yilning 8-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli shoir Shodmonqul Salom bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Qizg‘in suhbat va savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda tinglovchilar shoir Shodmonqul Salom va uning ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shoir suhbat jarayonida o‘zining ijod maydonidagi ilk qadamlari xususida to‘xtalib, bunda ustozlarining nechog‘lik…

Read More

PEDAGOGIKA MARKAZIDA XALQARO KONFERENSIYA O’TKAZILDI

2024-yil 6-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “FILOLOGIK TA’LIMDA ZAMONAVIY YONDASHUV VA INNOVATSIYALAR: TADQIQOT VA O‘QITISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. 👉BATAFSIL (https://telegra.ph/PEDAGOGIKA-MARKAZIDA-XALQARO-KONFERENSIYA-OTKAZILDI-06-08)

Read More

7-iyun kuni “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusidagi xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Unda xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi va ta’lim sifatini oshirish bo’yicha xalqaro tajriba haqida so’z yuritishdi. Dastlab “Marshal Cavendish Education” eksperti Charles Chyu zamonaviy metodikalar, maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash haqida taqdimot qildi. Konferensiya singapurlik ekspert Attaju Kanan Ramdasning ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish haqidagi taqdimoti bilan davom etdi. Mazkur tadbirda Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga…

Read More

SCIENCE AND EDUCATION NEWS

Hurmatli ustozlar!  Sizni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi va “SCIENCE AND EDUCATION NEWS” xalqaro ilmiy, metodik va ommabop jurnali bilan hamkorlikda   “FILOLOGIK TA’LIMDA ZAMONAVIY YONDASHUV VA INNOVATSIYALAR: TADQIQOT VA O‘QITISH ISTIQBOLLARI” mavzusida o’tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz!    🗓 O’tkazish sanasi: 2024-yil, 6-iyun 🟢 Vaqti: 10:00 ♻️ Yalpi majlisga ishtirok etish…

Read More

Metodik tur

2024-yil 21-22-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga manzilli metodik yordam ko‘rsatish maqsadida metodik-tur tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati pedagogika markazi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi boshlig’i Bahrom Boymatov ham ishtirok etib, Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab vazirining esdalik sovg’alari va sertifikatlari bilan taqdirlandi.

Read More