Unda xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi va ta’lim sifatini oshirish bo’yicha xalqaro tajriba haqida so’z yuritishdi.

Dastlab “Marshal Cavendish Education” eksperti Charles Chyu zamonaviy metodikalar, maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash haqida taqdimot qildi.

Konferensiya singapurlik ekspert Attaju Kanan Ramdasning ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish haqidagi taqdimoti bilan davom etdi.

Mazkur tadbirda Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi professor-o’qituvchilari va metodistlari ham faol ishtirok etishmoqda.