Seminarni markaz direktori o‘rinbosari I. Hojiboyev ochib berdi. Shundan so‘ng “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri B.Umarov “O‘qituvchilarning yangi darsliklar bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish” mavzusida ma’ruza qildi. Ona tili va adabiyot fani metodisti R. Mamatqulova tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga metodik ishlarni joylashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi.
Tadbirda fan metodistlari D.Axmedova, N.Fozilova, S. Muxammadiyev, markaz professor-o‘qituvchilari hamda fan yo‘nalishi bo‘yicha tajribali o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida tajribali o‘qituvchilar tomonidan murakkab mavzular bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Seminar yakunida faol ishtirokchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.