✅ Joriy yilning 24-oktabr kuni Pedagogika markazi biologiya fani metodisti Bahriddin Sohibov tomonidan umumta’lim maktablari biologiya fani o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Metodbirlashma»lar faoliyatini samarali tashkil etish hamda ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan o‘quv dasturlari va darsliklarni amaliyotga keng joriy etish masalalari bo’yicha «Metodik xizmat ko’rsatish ishlarini samarali yo’lga qo’yish» mavzusida viloyat seminari o‘tkazildi.
Seminarda ishtirokchilarga ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan eng muhim yangiliklar, tajriba-sinov ishlari olib borilayotgan viloyatimizdagi 30 ta umumta’lim maktablarida formativ va summativ baholash jarayonlarining borishi, tanlov fanlari joriy etilgan 9 ta maktabda tizimli ravishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.



