⚡️ Joriy yilning 24-oktabr kuni Pedagogika markazi kimyo fani metodisti Nodirjon Ziyodulloyev tomonidan umumta’lim maktablari kimyo o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Metodbirlashma»lar faoliyatini samarali tashkil etish, «Metodik-tur» doirasida ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan maktablarga manzilli metodik yordam berish hamda ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan o‘quv dasturlari va darsliklarni amaliyotga keng joriy etish masalalari bo’yicha «Metodik xizmat ko’rsatish ishlarini samarali yo’lga qo’yish» mavzusida viloyat seminari o‘tkazildi.

📚Seminarda ishtirokchilarga ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan eng muhim yangiliklar, tajriba-sinov ishlari olib borilayotgan umumta’lim maktablarida formativ va summativ baholash jarayonlarining borishi, tanlov fanlari joriy etilgan 9 ta maktabda tizimli ravishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.