24-25-oktabr kunlari pedagogika markazida  «Metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish» mavzusida o‘tkazilgan seminar-trening yakunida o‘quv mashg‘ulotlarida faollik ko‘rsatgan, shuningdek, «Ona tilim – sarchashmangdan sarxush dilim» shiori ostida bo‘lib o‘tgan onlayn ko‘rik-tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilar maxsus statuetka, kitoblar jamlanmasi va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.