⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari uchun o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra Mamatkulova Roxila Safarovna — Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi ona tili va adabiyot fani metodisti lavozimiga tayinlandi.
✅ Roxila Mamatkulova 1987-yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2023-yilda Termiz davlat universitetini (magistr) tamomlagan.
U bugunga qadar Jarqo‘rg‘on tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida amaliyotchi psixolog vazifasida faoliyat olib borgan.



