⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari uchun o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra Sohibov Baxriddin Ollayorovuch — Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi biologiya metodisti lavozimiga tayinlandi.
✅ B.Sohibov 1982-yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Termiz davlat universitetini (bakalavr), 2012-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan.
U bugunga qadar Boysun tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.



