⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari uchun o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra Jo‘raqulov Rasul Ramazanovich — Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani metodisti lavozimiga tayinlandi.
✅Rasul Jo‘raqulov 1985-yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 2009-yilda Termiz davlat universitetini (bakalavr) tamomlagan.
U bugunga qadar Boysun tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida kadrlar bo‘yicha bosh inspektor-metodist vazifasida faoliyat olib borgan



