2025-yil 16-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tarix, davlat va huquq asoslari fani metodisti Sherzod To’rayev tomonidan tarix fani guruhi tinglovchilari uchun metodist soati tashkil etildi. Unda yangi baholash tizimi, shaxsiy va kasbiy rivojlanish yo’llari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Read MoreBugun “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari doktori, professor Qodirov Umarali Do‘stqobilovich tavallud topgan kun. Markaz jamoasi ushbu munosabat bilan U.Qodirovni tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ilmiy-ijodiy faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Read More2025-yil 15-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi musiqa madaniyati guruhi tinglovchilari uchun Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi musiqa madaniyati fani metodisti Nargiza Karimova tomonidan metodist soati tashkil etildi. Unda o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalari, ish tajribalarini ommalashtirish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Read MoreSurxondaryolik pedagoglar Ozarbayjonda xalqaro tajribani o‘rganishda davom etmoqda Ozarbayjon Davlat Pedagogika universitetining Quba filialida davom etayotgan “Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalaridan ta’limda foydalanish metodikasi” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish kurslarida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etmoqda. Bugungi mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar ta’limda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, raqamli vositalardan samarali foydalanish hamda turli imkoniyatlarga…
Read MoreSurxondaryolik pedagoglar Ozarbayjonda STEAM va inklyuziv ta’lim metodikasi bo‘yicha malaka oshirmoqda Bugun Ozarbayjon Davlat Pedagogika universitetining Guba filialida “Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalaridan ta’limda foydalanish metodikasi” mavzusida xalqaro malaka oshirish kurslari boshlandi. Ushbu malaka oshirish dasturida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etmoqda. Kurslar doirasida ishtirokchilarga zamonaviy ta’lim texnologiyalari, xususan, STEAM…
Read MoreTABRIKLAYMIZ! O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktabrdagi 387-sonli buyrug‘i bilan Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nigora Kenjaboyevaning «Pedagogikaning pragmatik aspektlari» nomli o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr etishga ruxsat berildi.
Read More2025-yil 11-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Abdunazar Salomovning «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI UCHUN MATEMATIKA» nomli uslubiy qo‘llanmasi nashrdan chiqdi. ❇️ Markaz jamoasi A.Salomovni ushbu munosabat bilan tabriklaydi va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Read More2025-yil 10-oktabr kuni Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti G.Mavlyanova tomonidan Termiz shahridagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shahnoza Safarovaning 2-»B» sinf o‘quvchilariga tasviriy sanʼat fanidan «Ajoyib hayvonlar» mavzusidagi darsi tahlil qilindi. Dars tahlili jarayonida o‘qituvchi tomonidan o’tilgan mahorat darsidagi yutuq va kamchiliklar o‘zaro tahlil qilinib, metodik tavsiyalar berildi.
Read MoreOAK e’tirofidagi «Yashil iqtisodiyot» ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik, ilmiy-ommabop jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Muzaffar Rahimovning «INSON KAPITALI VA IQTISODIYOTNING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI» nomli maqolasi e’lon qilindi.
Read More«Ta’lim, fan va innovatsiya» ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori o‘rinbosari Sattorov Sanjar Abdumurodovichning «MINTAQAVIY RIVOJLANISH STRATEGIYALARNI BAHOLASH: KO‘P MEZONLI KPI VA SSENARIY MODELLASHTIRISH» nomli maqolasi e’lon qilindi.
Read More

