O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan Surxondaryo viloyatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari axborot xizmati rahbarlarining attestatsiya sinovlari o‘tkazildi. Ikki kun davom etgan sinov jarayonlarida Markaz mas’uli, Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari hamda videokonferensaloqa orqali soha mutasaddilari ishtirok etdi. Attestatsiya jarayonida axborot xizmati rahbarlarining sohadagi bilim va ko‘nikmalari, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, jamoatchilik bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda axborot makonidagi vazifalarni professional darajada bajarish bo‘yicha salohiyati baholandi.
Bugun attestatsiya sinovlari yakuniga yetkazilib, muvaffaqiyatli o‘tgan axborot xizmati rahbarlariga guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Leave a Comment