
O‘quv-treninglar davomida mentorlik dasturini samarali tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni jamlagan Mentorlar qo‘llanmasi (Handbook) taqdim etildi.
Loyiha doirasida tayyorlangan mentorlar o‘z maktablarida 10 nafargacha hamkasbining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Ular o‘qituvchilarga o‘z kasbiy faoliyatini tahlil qilish, rivojlanish maqsadlarini belgilash hamdaProfessional Learning Community hamjamiyati bilan hamkorlikda ushbu maqsadlarga erishishda ko‘maklashadi. Mazkur qo‘llanma xalqaro ekspertlar ishtirokida, UNESCOning ta’lim va o‘qituvchilar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlari asosida, aynan “ISHONCH” loyihasi uchun ishlab chiqilgan noyob amaliy mahsulot hisoblanadi. Qo‘llanma maktablarda mentorlik madaniyatini shakllantirish va o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.



