Bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida sentabr oyi davomida malaka oshirgan tinglovchilar uchun yakuniy attestatsiya jarayonining test bosqichi bo‘lib o‘tdi. Test sinovlari tinglovchilarning malaka oshirish kurslari davomida egallagan nazariy bilimlari hamda kasbiy kompetensiyalarini baholashga qaratildi. Jarayon belgilangan tartib va mezonlar asosida shaffof hamda xolis tarzda tashkil etildi.

Leave a Comment